info@gmail.com +998 99 741 35 23

Matniy ma’no — Контексттик маани

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiMatniy ma’no
Terminning o'zbekcha etimologiyasiMatniy ma’no atamasi matn va ma’no so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan. Matn so‘zi arabcha matn (متن) –“asosiy qism, mazmun, tekst” ma’nolarini anglatadi. Ma’no esa arabcha ma‘nā (معنى) – “mazmun, tushuncha, anglatilgan narsa” ma’nolarini bildiradi. Shu asosda matniy ma’no til birligining matn tarkibida, muayyan kontekst va nutqiy vaziyat ta’sirida yuzaga keladigan mazmunini ifodalaydi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiMatniy ma’no – til birligining muayyan matn tarkibida boshqa birliklar bilan mazmuniy va grammatik munosabatga kirishishi natijasida yuzaga keladigan, kontekst bilan belgilanadigan ma’nosi. Bunda so‘z yoki boshqa til birligining lug‘aviy ma’nosidan tashqari, uning aynan shu matndagi qo‘llanishi, vazifasi va atrofidagi birliklar bilan munosabati ham hisobga olinadi. Masalan: oltin kuz birikmasida oltin so‘zi o‘zining asl metall nomi ma’nosida emas, balki kuzning go‘zalligi, serhosilligi yoki rang-barangligini ifodalovchi ko‘chma mazmunda qo‘llangan. Matniy ma’no kontekstual ma’no bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, matnning umumiy mazmunini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ________________________________________
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiКонтексттик маани
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Тексттик» текст сөзүнө -тик мүчөсү жалганып жасалган. «Маани» арабча maʿnā — «мазмун, билдирилген түшүнүк» сөзүнө байланыштуу. «Контекст» латынча contextus — «байланыш, бирикме» дегенден чыккан.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiТилдик бирдиктин белгилүү текстте башка бирдиктер жана кеп кырдаалы менен байланышта алган мааниси. Мисалы: «алтын күз» айкашындагы алтын металлды эмес, күздүн кооздугун жана түсүн туюнтат. Тексттик маани сөздүн сөздүктөгү маанисине жана конкреттүү колдонулушуна таянат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4