Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Maxfiy til |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Maxfiy so‘zi arabcha maxfiy (مخفيّ) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “yashirilgan”, “sir tutilgan”, “oshkor etilmagan” degan ma’nolarni anglatadi. Til so‘zi esa qadimgi turkiy til leksemasiga borib taqaladi. Maxfiy til birikmasi “ma’lum doiradagi kishilardan boshqa shaxslarga tushunarsiz bo‘lishi uchun yashirin yoki sirli tarzda qo‘llanadigan til” ma’nosini ifodalaydi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Maxfiy til – muayyan guruh, jamoa yoki shaxslar tomonidan o‘zaro axborotni begonalardan yashirish, suhbat mazmunini boshqalarga tushunarsiz qilish maqsadida qo‘llanadigan maxsus nutq vositalari tizimi. Unda odatdagi so‘zlarning o‘rniga shartli nomlar, o‘zgartirilgan birliklar, kodlangan ifodalar yoki faqat shu guruh a’zolariga tushunarli bo‘lgan so‘zlar ishlatilishi mumkin. Maxfiy til ijtimoiy guruhlarning ichki muloqotida, ayrim kasbiy yoki yopiq jamoalarda uchrashi mumkin. U jargon, argot va shartli tillar bilan yaqin munosabatda bo‘lsa-da, asosiy belgisi axborotni begonalardan yashirishga qaratilganligidir. ________________________________________ |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |