Termin kartochkasi to'liqligi: 50%
| Terminning o'zbekcha nomi | Modal shakl |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Modal shakl” termini ikki qismdan tarkib topgan. Modal so‘zi lotincha modus – “usul, tarz, holat” ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Shakl esa turkiy tillarga xos bo‘lib, “ko‘rinish, forma, ifoda” ma’nolarini bildiradi. Termin tilshunoslikda harakat yoki voqea-hodisaga nisbatan so‘zlovchining munosabatini ifodalovchi grammatik shakl ma’nosida qo‘llanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Modal shakl – so‘zlovchining voqea-hodisa, harakat yoki holatga nisbatan ishonch, gumon, ehtimol, zaruriyat, istak, buyruq, shart kabi munosabatlarini grammatik jihatdan ifodalovchi shakldir. Modal ma’no, asosan, fe’lning mayl shakllari, modal birliklar va ayrim yordamchi vositalar orqali yuzaga chiqadi. Masalan: U keladi – xabar ma’nosi; U kelsin – buyruq-istak; U kelsa – shart; U kelishi kerak – zaruriyat; U kelishi mumkin – imkoniyat yoki ehtimol ma’nosini bildiradi. Modal shakllar gap mazmunini aniqlashtirib, so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini ifodalashga xizmat qiladi ________________________________________ |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Модалдык |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Модалдык» латынча modus — «ыкма, абал» негизине байланыштуу. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |