Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Morfemik antonimiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Morfemik” so‘zi yunoncha morphē – “shakl, ko‘rinish” ma’nosidan kelib chiqqan morfema atamasi va -ik qo‘shimchasi asosida shakllangan bo‘lib, morfemaga oidlikni bildiradi. “Antonimiya” esa yunoncha antí – “qarshi” va ónoma – “nom” so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, “qarama-qarshi ma’nolilik” tushunchasini anglatadi. Shu asosda morfemik antonimiya morfemalar yoki morfemik vositalar o‘rtasidagi ma’noviy qarama-qarshilikni ifodalovchi hodisani bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Morfemik antonimiya – morfemalar yoki morfemik vositalarning qarama-qarshi grammatik yoxud leksik ma’nolarni ifodalashi asosida yuzaga keladigan antonimik munosabatdir. Bunday munosabat, ayniqsa, so‘zning ma’nosini o‘zgartiruvchi yoki unga qarama-qarshi semantik belgi yuklovchi affikslar orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan: -li va -siz affikslari “biror belgiga ega bo‘lish” va “mazkur belgining mavjud emasligi” ma’nolarini qarama-qarshi qo‘yadi: suvli – suvsiz, foydali – foydasiz, tartibli – tartibsiz. Morfemik antonimiya so‘z yasash jarayonida qarama-qarshi ma’noli hosilalar yuzaga kelishiga xizmat qiladi. ________________________________________ |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Антоним морфемалар |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Морфемалык» морфема аталышынан жасалган; «антонимия» грекче anti — «каршы» жана onoma — «ат» негиздерине байланыштуу. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Морфемалардын карама-каршы маанилерди билдириши. Айрыкча сөз жасоочу мүчөлөрдүн катышында көрүнөт. Мисалы: -луу жана -сыз белгилүү нерсенин бар же жок экенин билдирет: суулуу — суусуз, туздуу — тузсуз. Бул мүчөлөр карама-каршы маанилүү сөздөрдү түзүүгө катышат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 1 |