Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Murakkab so‘z birikmasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Murakkab” so‘zi arabcha murakkab (مركّب) – “tuzilgan, tarkibli, bir necha qismdan tashkil topgan” ma’nolarini anglatadi. “So‘z” so‘zi turkiy tillarga xos bo‘lib, nutqning leksik birligini bildiradi. “Birikma” esa birikmoq fe’lidan -ma qo‘shimchasi orqali hosil qilingan bo‘lib, “birikish natijasida yuzaga kelgan birlik” ma’nosini anglatadi. Shu asosda murakkab so‘z birikmasi atamasi tarkibida uch yoki undan ortiq mustaqil so‘z qatnashib, o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatga kirishgan so‘z birikmasini bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Murakkab so‘z birikmasi – tarkibida ikki yoki undan ortiq so‘z birikmasi yoki so‘z birikmasi tarkibidagi bir necha sintaktik birliklar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro hokim-tobelik munosabati asosida birlashgan va gap tarkibida yaxlit sintaktik birlik vazifasini bajaradigan so‘z birikmasidir. Murakkab so‘z birikmasida bir hokim so‘zga bir necha tobe birlik yoki tobe birlikning o‘ziga boshqa so‘zlar bog‘lanishi mumkin. Masalan: yangi o‘quv yilining muhim vazifalari birikmasida “yangi o‘quv yili” va “muhim vazifalari” qismlari o‘zaro sintaktik munosabatga kirishgan. Murakkab so‘z birikmasi sodda so‘z birikmasidan tarkibidagi sintaktik aloqalar va komponentlar sonining ko‘pligi bilan farqlanadi. ________________________________________ |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Татаал сөз айкашы |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Татаал» курамдуулукту билдирет. «Сөз» — түрк тилдерине орток аталыш; «айкаш» айкашуу түшүнүгүнө байланышып, бирдиктердин байланышын билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Үч же андан көп сөз катышып, бир нече багыныңкы байланышты камтыган сөз айкашы. Баш сөзгө бир нече багыныңкы сөз байланышат же багыныңкы бөлүктүн өзү кеңейет. Мисалы: «жаңы окуу жылынын маанилүү милдеттери». Айкаштын бөлүктөрү жалпы грамматикалык жана маанилик түзүлүшкө биригет. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 1 |