info@gmail.com +998 99 741 35 23

Normativ grammatika — Нормативдик грамматика

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiNormativ grammatika
Terminning o'zbekcha etimologiyasiNormativ grammatika termini normativ va grammatika so‘zlaridan tarkib topgan. Normativ so‘zi lotincha norma – “me’yor”, “qoida”, “namuna” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “me’yorni belgilovchi, muayyan qoidaga asoslangan” ma’nolarini anglatadi. Grammatika esa qadimgi yunoncha grammatikē — “yozish san’ati”, gramma – “harf, yozuv” so‘zlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, normativ grammatika atamasi lug‘aviy jihatdan “tilning grammatik me’yorlari va qoidalarini belgilovchi grammatika” mazmunini anglatadi. Tilshunoslikda u preskriptiv grammatika tushunchasi bilan ham yaqin ma’noda qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiNormativ grammatika –muayyan adabiy tilning grammatik qurilishiga oid me’yor va qoidalarni belgilaydigan, so‘z shakllari, so‘zlarning o‘zaro birikishi va gap tuzilishining to‘g‘ri hamda namunaviy shakllarini tavsiya etadigan grammatika turidir. O‘zbek tilshunosligiga oid o‘quv manbada ham normativ grammatika til hodisalariga oid qoidalarga norma belgilab, to‘g‘ri va namunali so‘z shakllari hamda sintaktik qurilma modellarini tavsiya etishi qayd etilgan. Normativ grammatikaning asosiy vazifasi adabiy tilning grammatik me’yorlarini shakllantirish, belgilash va ularning to‘g‘ri qo‘llanishini ko‘rsatishdan iborat. Bunda so‘zlarning grammatik shakllari, kelishik, egalik, son, zamon, mayl kabi grammatik shakllarning qo‘llanishi, shuningdek, so‘z birikmasi va gaplarning tuzilish qoidalari me’yorlashtiriladi. Masalan: ega va kesimning moslashuvi, so‘zlarning grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘lanishi hamda gap bo‘laklarining me’yoriy tartibda qo‘llanishi normativ grammatika doirasida qaraladi. Normativ grammatika deskriptiv (izohli) grammatikadan ma’lum jihati bilan farqlanadi. Deskriptiv grammatika tilda mavjud grammatik hodisalarni qanday qo‘llanishidan kelib chiqib tasvirlasa, normativ grammatika qaysi shakl va qurilmaning adabiy til me’yoriga muvofiqligini belgilashga e’tibor qaratadi. Shu sababli normativ grammatika ta’lim jarayonida, adabiy tilni o‘rgatishda va nutq madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiНормативдик грамматика
Terminning qirg'izcha etimologiyasiНормативдик грамматика термини эки бөлүктөн турат: «нормативдик» + «грамматика». 1. «Нормативдик» сөзүнүн этимологиясы Норма сөзү латын тилиндеги norma сөзүнөн келип чыккан. Латынча norma баштапкы маанисинде «өлчөм, эреже, үлгү, тартип» деген түшүнүктөрдү билдирген. Андан нормативдик сөзү жасалып, «нормага негизделген, белгиленген эрежеге ылайык» деген мааниге ээ болгон. 2. «Грамматика» сөзүнүн этимологиясы Грамматика термини байыркы грек тилиндеги grammatikē сөзүнөн келип чыккан. Ал gramma – «тамга, жазуу белгиси» деген сөз менен байланыштуу. Graphō – «жазам» деген грек сөзү да ушул сөздөрдүн түпкү теги менен байланышта. Кийин грамматика түшүнүгү тилдин сөз түзүлүшүн, сөз өзгөрүшүн жана сүйлөм түзүлүшүнүн эрежелерин изилдеген илимдин аталышы болуп калган.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiНормативдик грамматика тигил же бул тилдин түзүлүшүн, андагы илимий жактан толук далилденген талашсыз эрежелерди өз ичине камтыган грамматика болуп эсептелет. Буга мектептерге, орто окуу жайларга, жогорку окуу жайларга, жогорку окуу жайларга арналган грамматикалар кирет. Мындай грамматикалар өкмөт тарабынан бекитилген атайын программалардын негизинде жазылат. ________________________________________
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3