info@gmail.com +998 99 741 35 23

Oberton — Обертон

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiOberton
Terminning o'zbekcha etimologiyasiOberton termini nemischa Oberton so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yuqori ton”, “qo‘shimcha ohang” ma’nolarini anglatadi. Ushbu so‘z ikki qismdan tashkil topgan: ober - “yuqori”, “baland” va Ton - “ton”, “ohang”, “tovush” ma’nolarini bildiradi. Shu asosda oberton termini asosiy tovushga qo‘shilib eshitiladigan yuqoriroq chastotali qo‘shimcha tovushni ifodalaydi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiOberton - asosiy, ya’ni fundamental tovush bilan bir vaqtda yuzaga keladigan va undan yuqoriroq chastotaga ega bo‘lgan qo‘shimcha tovush komponentidir. Obertonlar tovushning tembrini, ya’ni uning o‘ziga xos eshitilish rangini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bir xil asosiy chastotaga ega tovushlarning turlicha eshitilishi ham ko‘p jihatdan ulardagi obertonlar tarkibiga bog‘liq. Nutq tovushlarida ham obertonlarning mavjudligi tovushning akustik xususiyatlari va tembrini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiОбертон
Terminning qirg'izcha etimologiyasiОбертон деген термин немисче oberton, ober – жогорку, ton – тон сөздөрүнөн алынган болуп, добуш дегенди билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiОбертон – бул негизги музыкалык добуштун (тондун) курамында кошо угулган, андан жогору жыштыктагы кошумча добуштар.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4