Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Oksyumoron |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Oksyumoron termini qadimgi yunoncha oxymōron (ὀξύμωρον) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ziddiyatli ibora”, “qarama-qarshi ma’nolar birikmasi” ma’nolarini anglatadi. Ushbu so‘z oxys (ὀξύς) - “o‘tkir”, “keskin” va mōros (μωρός) - “ahmoq”, “bema’ni” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan. Keyinchalik bu atama o‘zaro zid yoki bir-biriga qarama-qarshi tushunchalarning birikishini ifodalovchi uslubiy termin sifatida shakllangan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Oksyumoron mazmunan bir-biriga zid, qarama-qarshi yoki mantiqan nomutanosib bo‘lgan ikki so‘z yoki tushunchaning birikishi asosida yuzaga keladigan uslubiy figuradir. Unda qarama-qarshi ma’nolarning birikishi orqali yangi, ta’sirchan va obrazli mazmun hosil qilinadi. Oksyumoron, ayniqsa, badiiy nutqda fikrni kuchaytirish, noodatiy tasvir yaratish va o‘quvchining e’tiborini jalb etish uchun qo‘llanadi. Masalan, shirin azob, achchiq haqiqat, tirik murda kabi birikmalarda mazmunan zid tushunchalar birikib, o‘ziga xos badiiy ma’no hosil qilgan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Оксюморон |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Оксюморон – грек тилиндеги oxys - акылмандык, moros – кемпайлык деген сөздөрүнөн алынган. Оксюморон карама-каршы маанидеги сөздөрдүн айкашынан пайда болгон синтаксистик ыкма. Б.а., эки антонимдин айкашып келүү мүмкүнчүлүгү натыйжасында жаралган эң оригиналдуу кептик фигура. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Оксюморон – бул бири-бирине кескин карама-каршы келген же бири-бири жокко чыгарган эки сөздүн (антонимдердин) айкашынан жаралган адабий-стилистикалык ыкма. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 5 |