info@gmail.com +998 99 741 35 23

O‘lik til — Өлүү тилдер

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiO‘lik til
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“O‘lik til” termini “o‘lik” va “til” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan. “O‘lik” so‘zi o‘zining lug‘aviy ma’nosida hayotdan to‘xtagan, faoliyat qilmaydigan holatni bildiradi. Tilshunoslikda esa u kundalik tabiiy muloqot vositasi sifatida qo‘llanmaydigan, yangi avlod tomonidan ona tili sifatida egallanmaydigan til ma’nosida terminlashgan. “Til” so‘zi esa insonlar o‘rtasida aloqa va fikr almashish vositasi bo‘lgan ijtimoiy hodisani anglatadi. Shu asosda “o‘lik til” termini faol og‘zaki muloqotdan chiqqan, biroq yozma manbalar, ilmiy asarlar yoki tarixiy yodgorliklarda saqlanib qolgan tilni ifodalaydi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiO‘lik til — muayyan jamoaning kundalik tabiiy muloqotida faol qo‘llanmaydigan, ona tili sifatida yangi avlodga uzatilmaydigan, ammo yozma manbalar va tarixiy yodgorliklarda saqlanib qolgan tildir. Bunday tillar o‘zining tabiiy kommunikativ vazifasini yo‘qotgan bo‘lsa-da, tarix, madaniyat, adabiyot, din yoki ilm-fan bilan bog‘liq manbalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, lotin tili o‘lik tilga misol bo‘la oladi. U qadimda Rim jamiyatining asosiy tillaridan biri bo‘lgan, keyinchalik kundalik muloqot tili sifatidagi mavqeini yo‘qotgan. Shunga qaramay, lotin tili ilmiy terminologiya, tibbiyot, huquq va diniy an’analarda ma’lum darajada saqlanib qolgan.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiӨлүү тилдер
Terminning qirg'izcha etimologiyasiӨлүү тилдер эки сөздөн турат: өл- + -үү → өлүү – жашоосу токтогон, колдонулбай калган. Тил – адамдын сүйлөө органы жана сүйлөшүү каражаты, тил системасы.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiӨлүү тилдер — азыркы учурда эне тили катары эч бир коом тарабынан колдонулбаган, күнүмдүк жандуу сүйлөшүүдө колдонулбай калган, бирок жазма эстеликтерде, илимий же диний чыгармаларда сакталып калган тилдер.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3