info@gmail.com +998 99 741 35 23

Ko‘makchi —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKo‘makchi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKo‘makchi terminining etimologiyasi turkiy til qatlamiga mansub bo‘lib, ikki tarkibiy qismdan iborat: ko‘mak so‘zi qadimgi turkiy “kömek” shaklidan kelib chiqqan bo‘lib, “yordam”, “madad”, “ko‘mak berish” ma’nolarini bildiradi. -chi qo‘shimchasi esa turkiy tillarda keng qo‘llanadigan so‘z yasovchi affiks bo‘lib, “biror ishni bajaruvchi shaxs yoki narsa” ma’nosini ifodalaydi. Shu asosda ko‘makchi so‘zi dastlab “yordam beruvchi”, “qo‘llab-quvvatlovchi” ma’nosini anglatgan. Tilshunoslikda esa bu termin grammatik ma’noda shakllanib, mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmagan, balki so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi grammatik munosabatlarni ifodalashga xizmat qiluvchi yordamchi so‘z turkumi nomi sifatida qo‘llanadi. Ko‘makchi ‒ etimologik jihatdan “yordam beruvchi” degan ma’nodan kelib chiqqan bo‘lib, grammatikada munosabatni bildiruvchi yordamchi birlikni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTurkiy tillarda jumladan, o‘zbek tilida ham ko‘makchi ko‘pdan buyon tilshunoslarning tekshirish manbayi bo‘lib kelmoqda. O‘zbek tilidagi ko‘makchiga birinchi bo‘lib mukammal ta’rifni A.N.Кononov bergan: “Кo‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”. Sh.Shoabdurahmonov ham o‘zining “Yordamchi so‘zlar” asarida ko‘makchiga shunday ta’rif bergan: “Кo‘makchi obyektning obyektga yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir”. Darhaqiqat, ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nosini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan farq qiladi. Кo‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. Shuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim – mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi). Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3