info@gmail.com +998 99 741 35 23

O‘ram —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiO‘ram
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“O‘ram” termini “o‘ra-” fe’li hamda “-m” ot yasovchi qo‘shimchasi asosida shakllangan. “O‘ram” so‘zi lug‘aviy jihatdan biror narsani o‘rash, birlashtirish yoki bir butun holga keltirish bilan bog‘liq ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda esa ushbu nom bir necha so‘z yoki birliklarning birikib, mazmun va sintaktik jihatdan yaxlit bir butunlikni hosil qilishi asosida terminlashgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiO‘ram — fe’lning funksional shakllaridan biri asosida shakllanib, gap tarkibida o‘ziga xos sintaktik vazifani bajaradigan va mazmunan bir butunlik hosil qiluvchi birlikdir. O‘ram tarkibida fe’lning sifatdosh, ravishdosh yoki infinitiv shakllari hamda ularga bog‘langan so‘zlar qatnashishi mumkin. Ular gapda muayyan bo‘lak vazifasini bajarib, fikrning mazmunini kengaytiradi yoki aniqlashtiradi. O‘zbek tilida o‘ramning sifatdosh o‘ram, ravishdosh o‘ram va infinitiv o‘ram kabi turlari mavjud. Masalan: Maktabga kelgan o‘quvchilar tadbirda qatnashdilar. Bu gapda maktabga kelgan birikmasi sifatdosh o‘ramni tashkil etib, o‘quvchilar so‘zini aniqlab kelgan.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4