Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ko‘rinishga taqlid |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ko‘rinishga taqlid terminining etimologiyasi ikki tarkibiy qism asosida izohlanadi: Ko‘rinish so‘zi turkiy “ko‘r-” fe’l negizidan yasalgan bo‘lib, “ko‘z bilan idrok etiladigan holat”, “tashqi shakl”, “manzara” ma’nolarini anglatadi. “-inish” qo‘shimchasi esa jarayon yoki natija ma’nosini hosil qilib, umumiy holda “narsa-hodisaning tashqi qiyofasi” tushunchasini beradi. Taqlid so‘zi arabcha “taqlīd” (تقليد) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “o‘xshatish”, “nusxa olish”, “biror narsaga ergashish yoki unga o‘xshash qilib yaratish” ma’nolarini bildiradi. Ko‘rinishga taqlid termini etimologik jihatdan “tashqi shakl yoki ko‘rinishni o‘xshatib ifodalash” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda bu tushuncha, odatda, tovush yoki ma’no jihatidan emas, balki tashqi ko‘rinish asosida o‘xshatish orqali hosil bo‘ladigan ifoda yoki nominatsiya jarayonini anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tovushga taqlid so‘z eshitish bilan bog‘liq hodisani ifodalasa, ko‘rinishga taqlid so‘zi ko‘rinish bilan bog‘liq hodisalarni aks ettiradi. Bu ham o‘z o‘rnida quyidagi turga bo‘linadi: 1. “Harakatni ifodalovchi taqlid”: dik-dik, lik-lik, lapang-lapang, ship-ship. 2. “Tashqi ko‘rinishni ifodalovchi taqlid”: xil-xil, jiq-jiq, mo‘lt-mo‘lt. 3. “Yorug‘likni ifodalovchi taqlid”: lip-lip, jimir-jimir, yalt-yult, yilt-yilt. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |