info@gmail.com +998 99 741 35 23

Paradigmatika — Парадигматика

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiParadigmatika
Terminning o'zbekcha etimologiyasiParadigmatika termini yunoncha paradeigma – “namuna”, “andoza”, “model” so‘zidan kelib chiqqan. Paradigma so‘ziga xalqaro ilmiy termin yasovchi -ika komponentining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan. Umuman, termin paradigmalar tizimi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish mazmunini anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda paradigmatika – til birliklarining bir-biri bilan tizimli, tanlash va qarama-qarshilik munosabatlari asosida bog‘lanishini o‘rganuvchi til tizimining jihatidir. Paradigmatik munosabatda bir xil yoki o‘xshash vazifani bajarishi mumkin bo‘lgan birliklar ma’lum bir tizimni hosil qiladi va nutqda ulardan muayyan vaziyatga mos biri tanlanadi. Masalan: kitob, daftar, jurnal, qalam kabi birliklar nutqda bir xil sintaktik o‘rinda kelishi mumkin bo‘lganligi sababli o‘zaro paradigmatik munosabatga kirishadi. Grammatikada esa kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda – kitobdan shakllari bir so‘zning kelishik paradigmasini tashkil etadi. Paradigmatika til birliklari o‘rtasidagi birining o‘rniga boshqasini tanlash munosabatini ifodalashi bilan sintagmatikadan farqlanadi. Sintagmatika birliklarning nutq jarayonida ketma-ket bog‘lanishini, paradigmatika esa bir tizimdagi birliklarning o‘zaro tanlanish va qarama-qarshilik munosabatlarini ko‘rsatadi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiПарадигматика
Terminning qirg'izcha etimologiyasiПарадигматика грекче paradeigma – «үлгү, калып, модель» сөзүнө эл аралык -ика компоненти кошулуу аркылуу түзүлгөн.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiПарадигматика – тил бирдиктеринин системада тандоо, алмаштыруу жана карама-каршы коюу мамилелерин изилдөөчү тил илиминин аспектиси. Ал синтагматикадан айырмаланып, бир позицияда колдонулушу мүмкүн болгон бирдиктердин тандалышын көрсөтөт.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3