info@gmail.com +998 99 741 35 23

Pronominalizatsiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiPronominalizatsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiPronominalizatsiya termini lotincha pronomen – “olmosh” so‘ziga borib taqaladi. Pronomen pro- – “o‘rniga” va nomen – “nom, ot” qismlaridan tashkil topib, so‘zma-so‘z “ot o‘rnida keluvchi birlik” ma’nosini anglatadi. -izatsiya esa muayyan jarayon yoki holatga aylanishni bildiruvchi termin yasovchi unsurdir. Pronominalizatsiya umumiy ma’noda “olmoshlashish”, ya’ni takrorlanayotgan ot yoki boshqa til birligining o‘rnida olmoshning qo‘llanishi jarayonini anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiPronominalizatsiya – nutq yoki matnda avval tilga olingan ot, ot birikmasi yoki boshqa birlikning takroriy qo‘llanishini oldini olish maqsadida uning o‘rnida olmosh yoki olmosh vazifasidagi birlikning ishlatilishi bilan bog‘liq sintaktik jarayondir. Olmoshlar, odatda, ot va ot birikmalari o‘rnida qo‘llanib, ularning matndagi referensial vazifasini davom ettiradi. Masalan: Sevinch kitob oldi. U kitobni o‘qidi. Ikkinchi gapdagi u birinchi gapda qo‘llangan Sevinch nomining o‘rnini egallagan. Shu orqali takrorning oldi olinadi va gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘liqlik saqlanadi. ________________________________________
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2