Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Qomusiy lug‘at |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Qomusiy lug‘at birikmasidagi qomus so‘zi arabcha قَامُوس (qāmūs) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, dastlab okean, katta dengiz ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu so‘z ko‘chma ma’noda bilimlar ummoni, keng qamrovli ensiklopediya” ma’nosida qo‘llana boshlagan. Lug‘at so‘zi ham arabcha لُغَة (luġa) – til so‘zidan kelib chiqqan. “Qomusiy lug‘at” shu asosda keng qamrovli, ensiklopedik lug‘at ma’nosini anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Qomusiy lug‘at – muayyan fan, soha yoki jamiyatga oid tushuncha, hodisa, shaxs, joy nomi va boshqa ma’lumotlarni keng qamrovda izohlab beradigan ensiklopedik xarakterdagi lug‘atdir. Unda so‘zlarning faqat lug‘aviy ma’nosi emas, balki ular ifodalagan predmet, hodisa, shaxs yoki tushuncha haqida ilmiy, tarixiy va boshqa zarur ma’lumotlar ham beriladi. Qomusiy lug‘atlarda maqolalar odatda alifbo tartibida joylashtiriladi va muayyan tushunchaga oid asosiy ma’lumotlar qisqa hamda tizimli tarzda bayon qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi qomusiy nashrga xos bo‘lib, unda tarix, fan, madaniyat, adabiyot, geografiya va boshqa ko‘plab sohalarga oid ma’lumotlar jamlangan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Энциклопедиялык сөздүк |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Энциклопедиялык» грекче enkyklios paideia — «жалпы билим берүү» деген бирикмеге байланышкан энциклопедия сөзүнөн жасалган. «Сөздүк» сөз уңгусуна -дүк мүчөсү жалганып түзүлгөн. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Энциклопедиялык сөздүк — түшүнүктөр, адамдар, жерлер жана көрүнүштөр жөнүндө кыскача маалымат берген басылма. Анда сөздүн тилдик мааниси гана эмес, ал атаган нерсе тууралуу илимий, тарыхый жана башка маалыматтар берилет. Макалалар көбүнчө алфавит тартибинде жайгашат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |