info@gmail.com +998 99 741 35 23

Shakl yasalishi —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiShakl yasalishi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiShakl yasalishi terminologik birikmasi shakl va yasalish so‘zlaridan tarkib topgan. Shakl so‘zi arabcha shakl (شکل) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “ko‘rinish”, “tuzilish”, “holat” kabi ma’nolarni bildiradi. Tilshunoslikda shakl so‘zi til birligining muayyan grammatik ma’noni ifodalovchi ko‘rinishini anglatadi. Yasalish so‘zi esa o‘zbek tilidagi yasa- fe’lidan -l- va -ish qo‘shimchalari orqali hosil qilingan bo‘lib, “hosil bo‘lish”, “vujudga kelish” ma’nolarini bildiradi. Shu asosda shakl yasalishi “muayyan shaklning hosil qilinishi” ma’nosini anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiShakl yasalishi – so‘zning lug‘aviy ma’nosini saqlagan holda, unga grammatik ma’no yuklovchi vositalar yordamida yangi grammatik shaklga keltirilishi jarayonidir. Shakl yasalishida yangi lug‘aviy birlik hosil bo‘lmaydi, balki mavjud so‘zning grammatik jihatdan turli ko‘rinishlari yuzaga keladi. Shakl yasalishi, asosan, grammatik shakl yasovchi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan: kitob so‘ziga -lar qo‘shimchasi qo‘shilib, kitoblar shakli hosil qilinadi. Bu yerda yangi so‘z emas, balki kitob so‘zining ko‘plik shakli yuzaga keladi. Shuningdek, kitobga, kitobning, kitobdan shakllarida kelishik ma’nolari, o‘qidi, o‘qiyapti, o‘qiydi shakllarida esa fe’lning turli grammatik shakllari hosil bo‘ladi. Shakl yasalishi so‘z yasalishidan farq qiladi. So‘z yasalishida yangi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan so‘z hosil bo‘ladi: ish → ishchi, gul → gulzor. Shakl yasalishida esa so‘zning asosiy lug‘aviy ma’nosi saqlanadi va faqat uning grammatik shakli o‘zgaradi: ish → ishlar, gul → gullar.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4