info@gmail.com +998 99 741 35 23

Shaxs olmoshlari — Жактама ат атоочтор

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiShaxs olmoshlari
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Shaxs olmoshlari” termini “shaxs” va “olmosh” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan. Shaxs so‘zi arabcha shakhs – “kishi, inson, individ” ma’nolarini anglatadi. Olmosh esa o‘zbek tilshunosligida ot, sifat, son kabi mustaqil so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanib, ularning ma’nosiga ishora qiluvchi so‘z turkumini bildiradi. “Shaxs olmoshlari” atamasi shu jihatdan nutqda shaxs nomini bevosita atamay, unga ishora qiluvchi olmoshlarni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiShaxs olmoshlari – nutq jarayonida so‘zlovchi, tinglovchi va nutqdan tashqarida bo‘lgan shaxs yoki shaxslar nomini bevosita atamasdan, ularga ishora qilish uchun qo‘llanadigan olmoshlar guruhi. O‘zbek tilida shaxs olmoshlari uch shaxsni bildiradi: 1. I shaxs – so‘zlovchini bildiradi: men, biz. 2. II shaxs – tinglovchini bildiradi: sen, siz. 3. III shaxs – suhbat jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs yoki predmetni bildiradi: u, ular. Shaxs olmoshlarining asosiy grammatik xususiyati – shaxs va son ma’nosini ifodalashidir. Men va sen birlikni, biz va siz ko‘plikni bildiradi. Siz olmoshi esa bir kishiga nisbatan hurmat ma’nosida ham qo‘llanadi. U birlik, ular esa ko‘plik ma’nosini anglatadi. Shaxs olmoshlari kelishik qo‘shimchalarini olib, gapda turli sintaktik vazifalarda kelishi mumkin: • men → mening, meni, menga, menda, mendan; • sen → sening, seni, senga, senda, sendan; • u → uning, uni, unga, unda, undan; • biz → bizning, bizni, bizga, bizda, bizdan; • siz → sizning, sizni, sizga, sizda, sizdan; • ular → ularning, ularni, ularga, ularda, ulardan. Masalan: Men kitob o‘qidim. gapida men so‘zlovchining o‘zini bildiradi. Siz ertaga kelasiz. gapida siz tinglovchiga ishora qiladi. U universitetda o‘qiydi. gapida u nutqda ishtirok etmayotgan shaxsni anglatadi. Shaxs olmoshlari nutqda takrorning oldini olish, fikrni ixcham ifodalash va shaxslar o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Sevinch universitetga bordi. Sevinch kutubxonaga kirdi tarzidagi takror o‘rniga Sevinch universitetga bordi. U kutubxonaga kirdi shaklida shaxs olmoshi qo‘llanadi. Shaxs olmoshlari otlardan farqli ravishda muayyan shaxsning nomini atamaydi, balki uning nutqdagi o‘rniga qarab ishora qiladi. Masalan: men so‘zi doimo so‘zlovchini bildiradi, ammo uning kimligi turli nutq vaziyatlarida o‘zgaradi. Shu sababli shaxs olmoshlarining ma’nosi nutq vaziyati va kommunikativ munosabat bilan chambarchas bog‘liq.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЖактама ат атоочтор
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЖактама ат атоочтор үч сөздөн туруп, лингвистикалык маанисинде «жактама» – «белгилүү бир жакка (тарапка/адамга) тиешелүү, жактарды (мен, сен, ал) көрсөтүүчү» дегенди билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЖактама ат атоочтор затты жак аркылуу көрсөтөт. Жак сөзгө катышкандардын сүйлөөчүгө карата болгон катышы боюнча аныкталат. Кыргыз тилинде сөзгө тике жана кыйыр түрүндө катышуучу үч жак бар. 1- жана 2- жак (мен, сен) сөзгө тике катышат, 3-жак (ал) кеп процессине катышпайт. Жекелик түргө көптүк форманы уюштуруучу -лар мүчөсү жалганып, көптүк форманы (биз,силер,алар) уюштурат. 2- жактын сылык жана одоно формасы бар: сен-сиз, силер-сиздер. Жактама ат атоочтордун өзгөрүшү. Жак жана таандык категориясы боюнча баары тең эле өзгөрбөйт. Себеби, булар ошол таандык кылып турган тараптардын өздөрүн атайт. Жакчыл таандык мүчөлөр менен 3-жактын жактама ат атоочу гана өзгөрөт: 2) аным, аныбыз; 3) аның, аныңыз, аныңар, аныңыздар; 4) анысы. Жалпы таандык мүчө менен жактама ат атоочтордун бардыгы өзгөрөт: меники, биздики, сеники, сиздики, силердики, сиздердики, аныкы, алардыкы, аныңыздыкы, анысыныкы, аларыңыздыкы.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3