Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Sintagmatika |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Sintagmatika termini qadimgi yunoncha syntagmatikos so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosi syntagma (σύνταγμα) — “birikma”, “uyushma”, “tartibli birikish” ma’nolarini anglatadi. Syn (σύν) — “birga”, “birgalikda” va tassein (τάσσειν) — “joylashtirmoq”, “tartibga solmoq” fe’li asosida shakllangan. “Sintagmatika”dagi -ika elementi esa muayyan soha yoki yo‘nalishni bildiradi. Shu asosda sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida birikishi va o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi yo‘nalish nomidir. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Sintagmatika — til birliklarining nutq zanjirida ketma-ket kelishi, o‘zaro bog‘lanishi va birikish qonuniyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik yo‘nalishidir. Unda tovush, morfema, so‘z va gap kabi birliklarning bir-biri bilan qanday munosabatga kirishishi hamda nutq tarkibida qanday tartibda joylashishi tadqiq etiladi. Masalan, “yangi kitob oldim” birikmasida so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi sintagmatik munosabatni namoyon qiladi. Qiyos: paradigmatika til birliklarining tanlanish va almashinish munosabatini, sintagmatika esa ularning nutqdagi ketma-ket bog‘lanish munosabatini o‘rganadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Синтагматика |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Синтагматика» термини байыркы грекче syntagmatikos сөзү менен байланыштуу. Анын негизи syntagma (σύνταγμα) – «бирикме», «уюшма», «тартиптүү биригүү» деген маанини билдирет. Syn – «бирге», tassein – «жайгаштыруу», «тартипке салуу» маанисинде. Терминдеги -ика бөлүгү белгилүү бир илимий тармакты билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Синтагматика – тилдик бирдиктердин кеп чынжырында удаалаш жайгашуусун, өз ара байланышып, айкалышуу мыйзамченемдерин изилдөөчү тил илиминин багыты. Анда тыбыш, морфема, сөз жана сүйлөм сыяктуу тилдик бирдиктердин бири-бири менен кандай мамилеге кирери жана кепте кандай тартипте жайгашаары каралат. Мисалы, «жаңы китеп алдым» деген сөз айкашында сөздөрдүн өз ара байланышы синтагматикалык мамилени көрсөтөт. Парадигматика тандоо жана алмашуу мамилесин изилдесе, синтагматика кептеги удаалаш байланыштарды изилдейт. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |