info@gmail.com +998 99 741 35 23

Sintaktik tahlil — Синтаксистик талдоо

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiSintaktik tahlil
Terminning o'zbekcha etimologiyasiSintaktik tahlil termini yunoncha syntaxis (σύνταξις) — “tuzilish”, “tartib”, “birikish” hamda arabcha tahlīl (تحليل) — “ajratish”, “tahlil qilish”, “tekshirish” ma’nolarini bildiruvchi so‘zlardan tashkil topgan. Termin tarkibidagi syntaxis sintaktik birliklarning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishini, tahlīl esa ularni qismlarga ajratib, xususiyatlarini aniqlash jarayonini ifodalaydi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiSintaktik tahlil — nutqdagi so‘z birikmalari, gaplar va boshqa sintaktik birliklarning tuzilishi, tarkibi, o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda sintaktik vazifalarini aniqlash va izohlash jarayonidir. Sintaktik tahlil jarayonida gapning turi, grammatik asosi, gap bo‘laklari, so‘z birikmalari, sintaktik aloqalar, bog‘lanish vositalari va boshqa grammatik xususiyatlar aniqlanadi. Masalan, O‘quvchilar yangi kitobni qiziqib o‘qidilar gapining sintaktik tahlilida o‘quvchilar — ega, o‘qidilar — kesim, kitobni — to‘ldiruvchi, yangi — aniqlovchi, qiziqib esa hol vazifasida kelgani belgilanadi. Sintaktik tahlil til birliklarining gap tarkibidagi vazifasi va o‘zaro bog‘lanishini izchil aniqlashga xizmat qiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiСинтаксистик талдоо
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Синтаксистик талдоо» термини грекче syntaxis (σύνταξις) – «түзүлүш», «тартип», «биригүү» жана талдоо – «бөлүү», «текшерүү» маанилерин билдирген сөздөрдөн түзүлгөн
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiСинтаксистик талдоо – кептеги сөз айкаштарынын, сүйлөмдөрдүн жана башка синтаксистик бирдиктердин түзүлүшүн, курамын, өз ара грамматикалык жана маанилик мамилелерин, ошондой эле синтаксистик кызматтарын аныктоо жана түшүндүрүү процесси. Синтаксистик талдоодо сүйлөмдүн түрү, грамматикалык негизи, сүйлөм мүчөлөрү, сөз айкаштары, синтаксистик байланыштар, байланыштыруучу каражаттар жана башка грамматикалык өзгөчөлүктөр аныкталат. Мисалы, «Окуучулар жаңы китепти кызыгып окушту» деген сүйлөмдү синтаксистик талдоодо окуучулар – ээ, окушту – баяндооч, китепти – толуктооч, жаңы – аныктооч, кызыгып – бышыктооч экендиги аныкталат. Синтаксистик талдоо тилдик бирдиктердин сүйлөм ичиндеги кызматын жана өз ара байланышын ырааттуу аныктоого жардам берет.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni1