info@gmail.com +998 99 741 35 23

So‘roq belgisi — Суроо белгиси

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiSo‘roq belgisi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiSo‘roq belgisi termini “so‘roq” va “belgi” so‘zlaridan tashkil topgan. “So‘roq” turkiy “so‘ramoq” fe’lidan kelib chiqib, “savol bermoq”, “aniqlamoq”, “ma’lumot talab qilmoq” ma’nolarini anglatadi. “Belgi” esa turkiy “belgü” so‘ziga borib taqalib, “ishora”, “alomat”, “ko‘rsatkich” ma’nolarini bildiradi. Shu asosda so‘roq belgisi so‘roq mazmunidagi gaplarni yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan tinish belgisini anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiSo‘roq belgisi (?) — so‘roq mazmunidagi gaplarning yozma nutqdagi chegarasini ko‘rsatuvchi tinish belgisidir. U so‘zlovchining biror ma’lumotni aniqlash, javob olish yoki savol berish maqsadini yozuvda ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Bugun darsga borasanmi?, Siz bu kitobni o‘qidingizmi?, U qayerda yashaydi? So‘roq belgisi odatda so‘roq gapning oxiriga qo‘yiladi. Ayrim hollarda so‘roq shakli hayrat, shubha, taajjub yoki ishonchsizlik kabi qo‘shimcha ma’no va munosabatlarni ham ifodalashi mumkin: Buni o‘zi aytdimi? So‘roq belgisi yozma nutqda gapning intonatsion va kommunikativ xususiyatlarini grafik jihatdan ifodalovchi tinish belgilaridan biri hisoblanadi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiСуроо белгиси
Terminning qirg'izcha etimologiyasiСуроо – кыргыз тилиндеги төл сөз болуп, «жооп алууну көздөгөн кайрылуу, маалымат билүүгө багытталган кептик аракет» деген маанини билдирет. Белги – «бир нерсени билдирген, көрсөткөн шарттуу белги» маанисин туюнтат. -си – таандыктык маанини билдирүүчү III жактын мүчөсү. Демек, суроо белгиси – суроону билдирүү үчүн колдонулган графикалык тыныш белгинин аталышы.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiСуроо белгиси (?) – жазууда суроолуу сүйлөмдүн аягына коюлуучу тыныш белгиси. Ал сүйлөмдө суроо мааниси бар экендигин жана сүйлөөчүнүн кандайдыр бир маалыматты билүүгө же тактоого умтулуп жатканын көрсөтөт. Мисалы: • Сен бүгүн сабакка барасыңбы? • Бул китепти ким жазган? • Эртең жыйын саат канчада башталат?
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni1