Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | So‘z |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | So‘z termini qadimgi turkiy söz shakliga borib taqaladi. Mazkur birlik turkiy tillarning qadimiy yozma manbalarida ham uchrab, “nutq”, “gap”, “aytilgan fikr” kabi ma’nolarni ifodalagan. Keyinchalik “so‘z” atamasi tilning mustaqil ma’no anglatuvchi, nutqda qo‘llanadigan asosiy birliklaridan birini nomlash uchun xizmat qilgan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | So‘z — tilning grammatik jihatdan shakllangan, muayyan lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan va nutqda mustaqil qo‘llana oladigan asosiy birliklaridan biridir. So‘z tovush yoki tovushlar majmuasi orqali ifodalanib, narsa-predmet, belgi, harakat, miqdor, holat va boshqa tushunchalarni nomlash yoki ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, kitob — predmetni, chiroyli — belgini, yugurmoq — harakatni, uch — miqdorni bildiradi. So‘zlar lug‘aviy ma’nosi bilan birga grammatik ma’no va shakllarga ham ega bo‘lishi mumkin: kitoblar, kitobni, kitobim. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Сөз |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Сөз «сүйлөө», «айтылган кеп», «ой-пикир» сыяктуу маанилерди билдирет. Тил илиминде «сөз» тилдин белгилүү бир лексикалык маанини билдирген, сүйлөөдө колдонулган негизги бирдиктеринин биринин аталышы катары калыптанган. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Сөз – тилдин грамматикалык жактан калыптанган, белгилүү бир лексикалык мааниге ээ болгон жана сүйлөөдө өз алдынча же контекст ичинде колдонулган негизги бирдиктеринин бири. Сөз тыбыш же тыбыштардын айкалышы аркылуу берилип, нерсени, белгини, кыймыл-аракетти, сан-өлчөмдү, абалды жана башка түшүнүктөрдү атап же билдирип турат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 1 |