Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Strukturalizm |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Strukturalizm termini lotincha structura — “tuzilish”, “qurilish”, “tartibli joylashuv” so‘zidan va yunoncha -izm — “ta’limot”, “yo‘nalish”, “qarashlar tizimi” ma’nosini bildiruvchi qo‘shimchadan tashkil topgan. Structura esa lotincha struere — “qurmoq”, “tuzmoq”, “yig‘moq” fe’liga borib taqaladi. Shu asosda “strukturalizm” atamasi hodisalarning, xususan, tilning ichki tuzilishi va tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy obyekt sifatida o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Strukturalizm — tilni o‘zaro bog‘langan va bir-birini belgilab turadigan birliklardan tashkil topgan yaxlit tizim sifatida o‘rganuvchi lingvistik yo‘nalishdir. Unda til birliklarining alohida holdagi xususiyatlaridan ko‘ra, ularning tizimdagi o‘rni, o‘zaro munosabati va qarama-qarshiliklari muhim hisoblanadi. Strukturalizm fonema, morfema, so‘z va gap kabi birliklarning qanday tuzilishi hamda ular o‘rtasidagi strukturaviy aloqalarni tadqiq etishga katta e’tibor beradi. Masalan, fonemalarning til tizimidagi qiymati ularning boshqa fonemalardan farqlanishi va qarama-qarshi qo‘yilishi orqali belgilanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Структурализм |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Структурализм термини латынча structura – «түзүлүш», «курулуш», «тартиптүү жайгашуу» сөзүнө жана грек тилинен тараган -изм – «илим», «окуу», «багыт», «көз караштар системасы» деген маанидеги мүчөгө негизделген. Structura өз кезегинде латынча struere – «куруу», «түзүү», «чогултуу» деген этиштен келип чыккан. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Структурализм – тилди өз ара байланышкан жана бири-бирин шарттаган тилдик бирдиктерден турган бүтүн система катары изилдеген тил илиминдеги багыт. Структурализмде тилдик бирдиктердин өзүнчө касиеттеринен көрө, алардын системадагы орду, өз ара мамилеси жана карама-каршылыктары маанилүү деп эсептелет. Фонема, морфема, сөз, сөз айкашы жана сүйлөм сыяктуу бирдиктердин түзүлүшү жана өз ара структуралык байланышы изилденет. Мисалы, фонеманын тилдеги мааниси анын башка фонемалардан айырмаланышы жана карама-каршы коюлушу аркылуу аныкталат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 1 |