info@gmail.com +998 99 741 35 23

Velarizatsiya (velyarisatsiya) — Веляризация

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiVelarizatsiya (velyarisatsiya)
Terminning o'zbekcha etimologiyasiVelarizatsiya termini lotincha velum “yumshoq tanglay”, “orqa tanglay” so‘zidan olingan. Lingvistik adabiyotlarda u velaris shakli orqali ham qo‘llanadi va “orqa tanglayga oid” degan ma’noni bildiradi. Ushbu asosga -izatsiya (jarayon, holatni ifodalovchi xalqaro qo‘shimcha) qo‘shilishi natijasida “orqa tanglay bilan bog‘liq artikulyatsion jarayon” ma’nosi shakllangan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiVelarizatsiya — talaffuz jarayonida tilning orqa qismi yumshoq tanglay (velum) tomonga yaqinlashishi natijasida tovushning akustik va artikulyatsion xususiyatlari o‘zgarishi, ya’ni tovushning «qattiqlashishi» hodisasidir. Bu jarayonda tovushning ohangi va sifati sezilarli darajada o‘zgaradi. Velarizatsiya ko‘pincha undosh tovushlarda kuzatiladi va ularning talaffuzini «qattiqroq», orqa rezonansli qiladi. Bu hodisa fonetikaning muhim artikulyatsion jarayonlaridan biri hisoblanadi. Masalan: Velarizatsiya — palatalizatsiya (yumshashish) hodisasining aksi bo‘lib, palatalizatsiyada til oldinga siljib yumshoq tanglay oldi qismiga yaqinlashadi, velarizatsiyada esa til orqaga siljiydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiВеляризация
Terminning qirg'izcha etimologiyasiВеляризация термини англис тилиндеги velarisation сөзүнөн алынган болуп, каткалаңдашуу деген маанини билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiВеляризация – тилдин арткы бөлүгүнүн жумшак таңдайдын артына карай көтөрүлүүсүнүн негизинде боло турган өзгөчө кошумча артикуляция. Мисалы: кыргыз тилиндеги бол сөзүндөгү л бел сөзүндөгү л тыбышына караганда катаң угулушу, анын велярдуу үнсүз экендигинин негизги көрсөткүчү.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni4