Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Xususiy tilshunoslik |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Xususiy tilshunoslik termini ikki tarkibiy qismdan iborat. Xususiy so‘zi arabcha xususiy (خصوصي) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “alohida”, “muayyan”, “shaxsiy”, “ma’lum bir narsaga tegishli” degan ma’nolarni bildiradi. Tilshunoslik esa “til” va “shunos” (fors-tojikcha -shinos - “biluvchi, o‘rganuvchi”) hamda o‘zbekcha -lik qo‘shimchasidan yasalgan bo‘lib, “tilni o‘rganish haqidagi fan”, ya’ni lingvistika ma’nosini anglatadi. Xususiy tilshunoslik atamasining etimologik ma’nosi “alohida, muayyan bir tilni o‘rganadigan fan” degan tushunchani bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Mazmuniy izohi: Xususiy tilshunoslik - tilshunoslik fanining muayyan bir tilni (masalan, o‘zbek, ingliz, fransuz va boshqalar) alohida o‘rganadigan sohasi bo‘lib, u o‘sha tilning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tizimini, ichki qonuniyatlarini hamda tarixiy taraqqiyotini tadqiq qiladi. Bu yo‘nalishda har bir til mustaqil tizim sifatida tahlil qilinadi va uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Masalan: O‘zbek tilshunosligi, ingliz tilshunosligi yoki fransuz tilshunosligi - xususiy tilshunoslikka kiradi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Сыпаттама тил илими |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Сыпаттама тил илими» термининдеги сыпаттама сөзү «сыпаттоо», башкача айтканда, белгилерин баяндоо деген маанини билдирет. Тил илими — тилдин түзүлүшүн жана мыйзам ченемдүүлүктөрүн изилдөөчү илимдин аталышы. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Сыпаттама тил илими – тилдин белгилүү бир мезгилдеги тыбыштык түзүлүшүн, сөз байлыгын жана грамматикалык өзгөчөлүктөрүн сыпаттап изилдөөчү багыт. Мисалы, азыркы кыргыз тилиндеги сөз түркүмдөрүн, жөндөмө мүчөлөрүн жана сүйлөмдөрдүн түзүлүшүн изилдөө ушул багытка кирет. Мисалы: кыргыз тил илими, өзбек тил илими. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |