info@gmail.com +998 99 741 35 23

Yordamchi fe’llar — Жардамчы этиштер

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiYordamchi fe’llar
Terminning o'zbekcha etimologiyasiYordamchi fe’llar termini “yordamchi” va “fe’l” so‘zlaridan tashkil topgan. “Yordamchi” turkiy “yordam” so‘zi asosida shakllangan bo‘lib, “ko‘mak beruvchi”, “biror ishni amalga oshirishga xizmat qiluvchi” ma’nolarini bildiradi. “Fe’l” esa arabcha fi‘l - “ish”, “harakat”, “amal” ma’nolarini anglatib, harakat yoki holatni bildiruvchi so‘z turkumini ifodalaydi. Shu asosda yordamchi fe’llar termini boshqa fe’llar bilan birikib, ularga qo‘shimcha grammatik, aspektual yoki modal ma’no yuklaydigan fe’llarni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiYordamchi fe’llar - mustaqil leksik ma’nosi zaiflashgan yoki muayyan qo‘llanishda ikkilamchi darajaga tushib, boshqa fe’llar bilan birikkan holda murakkab fe’l shakllari yoki qo‘shma fe’llar hosil qilishga xizmat qiladigan fe’llardir. Ular yetakchi fe’lning asosiy leksik ma’nosini saqlagan holda unga boshlanish, davomiylik, tugallanish, tezlik, kutilmaganlik kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuklashi mumkin. O‘zbek tilida yordamchi fe’llar vazifasiga ko‘ra qo‘shma fe’l hosil qiluvchi (qilmoq, etmoq, bo‘lmoq), analitik shakl hosil qiluvchi (boshlamoq, chiqmoq, yubormoq, qo‘ymoq) va bog‘lama vazifasidagi fe’llar kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘qiy boshladi, yozib qo‘ydi, aytib yubordi birikmalarida boshladi, qo‘ydi, yubordi yordamchi fe’l vazifasida kelib, yetakchi fe’llarning ma’nosiga qo‘shimcha grammatik-semantik mazmun yuklaydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЖардамчы этиштер
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Жардамчы этиштер» термини «жардамчы» жана «этиш» деген эки негизги компоненттен турат. Жардамчы сөзү «жардам» деген сөздүн негизинде түзүлүп, «көмөк көрсөтүүчү», «башка нерсеге кызмат кылуучу» деген маанини билдирет. -чы мүчөсү белгилүү бир иш-аракетке же кызматка катышкан адамды же аткаруучуну билдирет. Этиш — кыргыз тилинде ал кыймыл-аракетти, абалды билдирген сөз түркүмүнүн аталышы катары колдонулат.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЖардамчы этиштер Жардамчы этиштер — негизги этиш менен айкашып, анын лексикалык маанисин толуктап, кыймыл-аракеттин башталышын, уланышын, бүтүшүн, мүмкүнчүлүгүн, ниетин, милдеттүүлүгүн, абалын же аткарылыш мүнөзүн билдирүүгө жардам берген этиштер. Жардамчы этиштер өз алдынча да лексикалык мааниге ээ болушу мүмкүн, бирок негизги этиш менен айкашканда грамматикалык же кошумча маанини туюндурат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3